Yangihayotlik xotin-qizlarni tadbirkorlikka jalb qilishda manzilli ishlar olib borilmoqda
Xususan, kuni kecha tumanimizning “Yangihayot” mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar bandligini ta’minlash hamda ularni tadbirkorlikka qiziqishini orttirish bo‘yicha amaliy seminar o‘tkazildi.
Seminarda Xalq banki filialining xodimlari va boshqa mas’ullar tomonidan mahallada ishsiz, tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan xotin-qizlarga ular uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida ma’lumot berilib, qarorlarning mazmun-mohiyati bo‘yicha tushuntirish berildi.
Shuningdek, mahallalarda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.