info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Yangihayotlik xotin-qizlar uchun Bo‘stonliqda ikki kunlik seminar-trening o‘tkazildi

timeicon 23-06-2025

Yangihayot tumanidagi "Ayollar daftari"ga kiritilgan, ishsiz va tadbirkorlik qilish istagida bo‘lgan ehtiyojmand xotin-qizlar uchun Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida joylashgan oromgohda seminar-treninglar tashkil etildi.

Treninglar davomida xotin-qizlarga tadbirkorlik sirlari, kasbiy layoqatlarini oshirish, o‘zini rivojlantirishga oid zarur bilim va maslahatlar berildi. Shu bilan birga bu boradagi tegishli qarorlar mazmun-mohiyati tushuntirib o‘tildi.

Ushbu tashabbus xotin-qizlarning dam olishini ta’minlash, ularning tadbirkorlik bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirish va psixologik qo‘llab-quvvatlashda muhim rol o‘ynadi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech