Yangihayotlik 58 nafar bitiruvchilar oliygohni naqd qilib qo‘yishdi
Gap shundaki, tumanimiz maktablarida tahsil olayotgan 58 nafar bitiruvchi yoshlar Amerika, Koreya, Buyuk Britaniya va Rossiya kabi davlatlarining nufuzli oliygohlari va ularning yurtimizdagi filiallariga muddatidan oldin o‘qishga qabul qilindi.
Quvonarlisi, ularning ko‘pchiligi o‘zlarining bilim-u salohiyati sabab grant asosida xorijning top universitetida o‘qish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. Bu esa mamlakatimiz rivoji yo‘lida tashlangan dadil qadamlardir.
Fursatdan foydalanib, o‘quvchilarimizning ota-onalari ,shuningdek, bilim egallash yo‘lida o‘z hissasini qo‘shgan ustozlariga minnatdorchiligimizni izhor etamiz!