Yangihayotlik 17 nafar maktab bitiruvchisi muddatidan oldin talaba bo'ldi!
Yangihayot tuman xalq ta'limi tasarrufidagi 2-, 3-, 8-, 32-, 285-, 331-umumta'lim maktablarining bilimli va shijoatli 11-sinf bitiruvchilari muddatidan oldin xorijiy oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilindi.
Bo'lajak talabalar AQSH, Rossiya, Yaponiya, Malayziya, Polsha va Turkiya kabi davlatlarning nufuzli oliy o'quv yurtlarida o'qish imkoniyatini qo'lga kiritdilar.
Yangihayot tumanining faxri bo'lgan yoshlarimizga muvaffaqiyat muborak bo'lsin! Ularning ota-onalari va murabbiylariga tuman hokimligi nomidan tashakkur bildiramiz!