Kuni kecha "Navqiron" mahallasidagi 305-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida Navro‘z bayrami munosabati bilan tadbir o‘tkazildi.
Tadbirda bog‘cha tarbiyalanuvchilari tomonidan bayram dasturi namoyish etildi. Tadbirga taklif etilgan mehmonlar va ota-onalar esa kichkintoylarning turli raqslari va qiziqarli sahna ko‘rinishlariga guvoh bo‘lishdi.