Yangihayot tumani sport maktabida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda yoshi katta avlodning yoshlarga namuna bo‘lishini ta’minlash maqsadida “Mahalla ligasi” sport musobaqalari o‘tkazildi.
Ushbu musobaqada tumanimiz mahallalarida istiqomat qiluvchi 30 yoshdan oshgan fuqarolar sportning futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat-shashka turlari bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi.
Tadbir yakunida esa musobaqaning tuman bosqichi g‘oliblari aniqlandi.