Yangihayotda mahalla bankirlari va ular bilan birga ishlaydigan "yordamchi - agentlar" faoliyati yo‘lga qo‘yiladi
Gap shundaki, tuman hokimligida tuman hokimining birinchi o‘rinbosari, Markaziy bank mas’ul xodimi, bank rahbarlari, hokim yordamchilari hamda mahalla raislari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda tuman hokimligi hamda bank rahbarlari o‘rtasida aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish bo‘yicha hamkorlik shartnomalari imzolanganligi hamda tomonlarning aniq huquq va majburiyatlari ko‘rsatib o‘tildi.
Bundan tashqari, yig‘ilish davomida "mahalla loyihasi" dasturi doirasida ajratiladigan mablag‘lar hamda kredit resurslarini banklar va mahallalar kesimida taqsimlash tartibi, mas’ul idoralar hamkorligi hamda vazifalar samaradorligini yanada oshirish ,shuningdek, tumandagi bank xizmatlari markazlarida mahallabay ishlash bo‘limlarini tashkil etish, ularga "mahalla bankirlari"ni tayinlash va har bir mahallada "yordamchi-agentlar" tanlab olish kabi masalalar muhokama qilindi.