info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Yangihayotda “Ibratli oila” ko‘rik-tanlovining g‘oliblari taqdirlandi

timeicon 17-05-2025

15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan tuman hokimligida “Ibratli oila” ko‘rik-tanlovining respublika va tuman bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida ushbu tanlovning Respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan 7 nafar namunali oilaga “Ibratli oila” ko‘krak nishoni va esdalik sovg‘alari tuman hokimi tomonidan tantanali tarzda topshirildi.

Shuningdek, marosimda ushbu ibratli oilalarning jamiyatda sog‘lom va barqaror oila muhitini shakllantirish, oila institutini mustahkamlash, milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va ularni yosh avlodga yetkazish yo‘lida qo‘shayotgan munosib hissasi yuksak e’tirof etildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech