info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Yangihayotda "Xon atlas" haftaligi ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi

Yangihayotda
timeicon 17-09-2024

Yangihayotda "Xon atlas" haftaligi ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi 

 

Tumanimizning "Choshtepa" hamda "Yangi Choshtepa" mahallalarida tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi mas’ullari, "Oqila ayollar" harakati yetakchilari va bir guruh nuroniylar ishtirokida "Xon atlas" haftaligi bo‘lib o‘tdi.

 

Bundan tashqari, shu yerning o‘zida davra suhbati tashkil etildi. Unda milliy va ma’naviy qadriyatlarni saqlab qolish, kiyinish madaniyatiga alohida e’tibor qaratish, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, bunda mahalla faollari, ota-onalar hamda nuroniylar rolini yanada oshirish haqida so‘z yuritildi.

 

Tadbir so‘ngida xotin-qizlar tomonidan milliy raqslar, folklor chiqishlar namoyish etildi. Yosh kelinlar o‘rtasida o‘tkazilgan pazandalik tanlovi g‘oliblariga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech