info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Yangihayotda “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” tadbiri doirasida profilaktik ishlar olib borilmoqda

Yangihayotda “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” tadbiri doirasida profilaktik ishlar olib borilmoqda
timeicon 18-01-2025

Yangihayotda “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” tadbiri doirasida profilaktik ishlar olib borilmoqda

Xabaringiz bor, ayni kunlarda shahrimiz bo‘ylab “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Ushbu kompleks tadbirlar doirasida bugun Yangihayot tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi tomonidan 2-sonli umumta’lim maktabida yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir davomida tuman IIO FMB boshlig‘i giyohvandlikka qarshi immunitetni paydo qilish, kuchli ta’sir qiluvchi dorilar iste’moliga murosasiz munosabatni shakllantirish, Internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali ularning oldi-sotdisiga aralashib qolmaslik haqida ishtirokchilarga tushuntirishlar berib o‘tdi.

Bundan tashqari, tadbirda axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashish, kibergigiyena ko‘nikmalarini shakllantirish hamda kiber firibgarlardan himoyalanish haqida ham so‘z yuritildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech