Xususan, kuni kecha ana shunday mavzuda 566-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida navbatdagi forum bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, tuman targ‘ibot guruhi rahbari, "Oqila ayollar" harakati yetakchilari va a’zolari, "Ayollar maslahat kengashi" vakillari hamda "Olchazor" va "Yorqinhayot" mahallalarida yashovchi faol xotin-qizlar ishtirok etdi.
Dastlab, forumda “Oqila ayollar” harakati tomonidan joriy yilning 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisobot tinglandi. SHundan so‘ng, “Oqila ayollar” harakat a’zolarining kelgusidagi faoliyat yo‘nalishlari belgilab berildi.
Tadbirning ikkinchi qismi esa milliy qadriyatlarimizni ulug‘lashga bag‘ishlandi. Unda ishtirokchilarga turli sahna ko‘rinishlar va milliy raqslar namoyish etildi.