Tumanimizning 330-sonli umumta’lim maktabida "Namunali mahalla" loyihasini amalga oshirishga bag‘ishlangan o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi. Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining Toshkent shahar tuman bo‘linmalari xodimlari, mutasaddi tashkilotlar vakillari va "mahalla yettiligi" a’zolari ishtirok etdi.
O’quv seminari davomida ishtirokchilarga "Namunali mahalla" loyihasi doirasida mahallada ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tushunchalar berildi.
Shuningdek, seminarda “Namunali mahalla” loyihasining asosiy maqsadi va vazifalari, "mahalla yettiligi" a’zolarining bu boradagi mas’uliyati hamda loyiha doirasida amalga oshiriladigan ishlar muhokama qilindi.