Prezidentimizning «2022-2026- yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida»gi farmoni ijrosi yuzasidan Yangihayot tumanida «Yangihayot kitobsevarlar klubi» tashkil etildi.
Birinchi mashg'ulotda buyuk ma'rifatparvar, davlat va jamoat arbobi, shoir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligi munosabati bilan Muso Toshmuhammad o'g'li Oybekning «Navoiy» romani tanlanib tarqatildi va bir hafta mobaynida kitob o'qib chiqilib, roman haqida munozara kuni belgilandi.
Mazkur klubni tashkil etishdan asosiy maqsad aholi, ayniqsa, yoshlarning ma'naviyatini yuklastirish, dunyoqarashini kengaytirish hamda kitobga mehr uyg'otib, kitobxonlikni keng targ'ib qilishdan iborat.