“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Yangihayot tumani hokimi Xayot Inogomov va Amerika texnologiyalar universiteti rektori Said Irandust o‘rtasida hamkorlikka oid o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Marosimda tumandagi umumta’lim maktablari rahbarlari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Memorandum orqali tomonlar uzluksiz ta’lim, davlat xizmatchilari salohiyatini oshirish, inklyuziv ta’lim va jamoatchilikni jalb qilish, samarali ta’lim imkoniyatlarini yaratish, kasbiy o‘sishni qo‘llab-quvvatlash va boshqa yo‘nalishlarda birgalikda ishlashga kelishib oldi.
Mazkur hamkorlik O‘zbekiston Respublikasi Prezidenting 2024-yil 17-iyul kuni qabul qilingan PQ-261-sonli qaroriga muvofiq amalga oshirilmoqda.