info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

"YАNGIHАYОT TUMАNI TАShKIL ETILGАN KUN”

timeicon 11-10-2022

"YАNGIHАYОT TUMАNI TАShKIL ETILGАN KUN”

2020 yil 29 may kuni Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahriga tashrifi davomida Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumanini tashkil etish tashabbusi bildirilgan.

Tumanni tashkil etishda Davlat rahbari tomonidan masʼullarga Toshkent shahrida barpo etilgan yangi mavzelarda aholi xavfsizligi va farovonligini taʼminlash, boshqaruvni samarali tashkil etish, investitsiyaviy jozibadorlikni oshirish, obodonlashtirish ishlarini yoʼlga qoʼyish masalalariga alohida eʼtibor qaratish, xalqni rozi qilish eng asosiy meʼzon etib belgilandi.

Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining 2020 yil 8 sentyabrdagi 443-IV-son va Senatining 2020 yil 11 sentyabrdagi SQ-135-IV-son “Toshkent viloyati Zangiota, Quyichirchiq, Yangiyoʼl va Oʼrtachirchiq tumanlarining, Toshkent shahri Sergeli va Bektemir tumanlarining, shuningdek, Toshkent viloyati va Toshkent shahrining chegaralarini oʼzgartirish hamda Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumanini tashkil etish toʼgʼrisida”gi qarorlari qabul qilingan.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumanini tashkil etish toʼgʼrisida” 2020 yil 11 noyabrdagi
PQ–4888-sonli qaroriga asosan, Toshkent shahri tarkibida Yangihayot tumanini tashkil etish chora-tadbirlari tasdiqlanib, yangi tumandagi davlat organlari faoliyati yoʼlga qoʼyilgan.

Yangihayot tumanini tashkil etish va faoliyatini yoritishda ochiqlik, shaffoflik hamda hisobdorlikni taʼminlash, ijodkorlik, nostandart yondashuvlar va aqlli yechimlar orqali erishilgan barcha ijobiy natijalar jamoatchilik bilan muloqot va aholi takliflari mahsuli hisoblanadi.
Yuqoridagilarni inobatga olgan holda, tuman hokimligi tomonidan tumanni tashkil etish toʼgʼrisida Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilingan 11 noyabrь kunini tarixga muxrlash, aholi va jamoatchilik oʼrtasida erishilgan natijalarni sarhisob qilish hamda rejalar bilan oʼrtoqlashish maqsadida “Yangihayot tashkil etilgan kun” sifatida belgilash tashabbusi bildirildi.

Xalq deputatlari Yangihayot tumani kengashining “Yangihayot tumanida 11 noyabrь kunini “Yangihayot tumani tashkil etilgan kun” sifatida keng nishonlash toʼgʼrisida” 2022 yil 11 oktyabrdagi I-43-189-14-220-K/22-son qaroriga asosan tumanda har yili 11 noyabrь kunini “Yangihayot tumani tashkil etilgan kun” sifatida keng nishonlash belgilandi.

Biz tuman aholisi kayfiyatini koʼtarish, inson qadrini ulugʼlash hamda xalq bilan muloqot qilish boʼyicha oʼziga xos tashabbuslarni ilgari surishda davom etamiz va jamoatchilikdan tumanni birgalikda rivojlantirish boʼyicha takliflarni kutib qolamiz.

Shu bilan birga, “Yangihayot tumani tashkil etilgan kun” munosabati bilan oʼtkaziladigan ijtimoiy-madaniy tadbirlarga barchani taklif etamiz.
“Yangihayot tumani tashkil etilgan kun” munosabati bilan oʼtkaziladigan tadbirlar haqida rasmiy manbalarimiz orqali oldindan xabar berib boramiz, bizni kuzatishda davom eting.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech