Yangihayot tumani hokimligida tuman hokimi boshchiligida navbatdagi qabul bo'lib o'tdi.
Unda o'z masalasi yuzasidan ko'p bora murojaat qilgan "Yangi Choshtepa", "Chorbog'", Ibrat, Xo'ja Uchqun va "Jaloir" mahallalaridan 10 nafar fuqaro ishtirok etdi. Fuqarolar uy-joy, moddiy yordam, farzandini maktabgacha ta'lim muassasasiga joylashtirish kabi masalalar bilan murojaat qildi.
Fuqarolarning muammolarini o'rganish va tegishli tartibda hal etish bo'yicha mas'ullarga topshiriq berildi.