Kuni kecha Yangihayot tumani hokimi rahbarligida tuman xalq ta'limi bo'limi mas'ullari va maktab direktorlari ishtirokida yig'ilish bo'lib o'tdi.
Unda maktab o'quvchilarini kasbga o'rgatishni tashkil etish mexanizmi va tumanda joylashgan umumta'lim maktablarida zamonaviy kasblarga o'rgatishni joriy etishga doir masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, o'quvchilarga ikkinchi xorijiy tilni o'rgatish bo'yicha 8-umumta'lim maktabida fransuz tili hamda 285- va 329-maktablarda koreys tilini o'qitish bo'yicha tuzilgan reja va dasturlar ko'rib chiqildi.