info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Yangihayot tumani maktablarida "Smart School" tizimini joriy etish masalasi muhokama qilindi

timeicon 28-04-2025

Bugun tuman hokimi va tuman IIO FMB boshlig‘i boshchiligida ta’lim muassasalarida ijtimoiy-ma’naviy muhitni yaxshilash hamda tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda mas’ul rahbarlar, barcha umumta’lim maktablari direktor va ularning o‘rinbosarlari ishtirok etdi.

Dastlab, yig‘ilishda Yangihayot tumanida bosqichma-bosqich Olmazor tumani tajribasi asosida "Smart School" tizimini joriy etishga tayyorgarlik ko‘rish va sinfxonalarga videokuzatuv kameralarini o‘rnatish masalasi muhokama qilindi. Ushbu tizim o‘quvchilar, o‘qituvchilar, ota-onalar va maktab ma’muriyati o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni mustahkamlash, ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning darslardagi faolligini kuzatish, shuningdek, salbiy holatlarning oldini olishga xizmat qilishi aytib o‘tildi.

Shuningdek, yig‘ilishda o‘quvchilarning davomatini yaxshilash, darslardagi faolligini oshirish va kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech