Tumanimizda Yangihayot tumani ichki ishlar boʼlimining 4-sonli yangi binosining ochilish marosimi boʼlib oʼtdi.
Unda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshligʼi, tuman sektr rahbarlari va boshqa masʼul xodimlar ishtirok etdi. Tadbirda soʼzga chiqqanlar yangi binoning ochilishi hudud aholisining tinch va osoyishta hayotini, farovonligini taʼminlashga xizmat qilishini taʼkidlashdi.
Mazkur ichki ishlar boʼlimi “Jaloir”, “Xoʼja Uchqun”, “Binokor”, Xushnud, “Toshkent”, “Yangi gulzor” va “Chortoq” mahalla fuqarolar yigʼinlarida istiqomat qilayotgan jami 28 ming 500ga yaqin aholiga xizmat koʼrsatishi belgilangan.