Yurtboshimiz joriy yilning 16-mart kuni Davlat soliq qoʼmitasiga tashrifi chogʼida sohani takomillashtirish. Xususan soliq tizimini raqamlashtirish, soliq toʼlovchilarga xizmat koʼrsatish sifati va koʼlamini oshirish, shuningdek, “Soliqchi koʼmakchi” tamoyili asosida tadbirkorlar bilan bevosita muloqotga kirishib, ularning muammolarni oʼrganish va soliq qonunchiligidagi oʼzgarishlarni tushuntirish yuzasidan bir qator topshiriqlar bergandi.
Mazkur topshiriqlarning ijrosini taʼminlash, tadbirkorlarni soliq sohasidagi oʼzgarish va yangiliklar bilan tushuntirish maqsadida 28-29 mart kunlari Davlat soliq qoʼmitasi rahbariyati boshchiligida joylarda tadbirkorlar bilan uchrashuvlar oʼtkazildi.
Davlat soliq qoʼmitasi raisining oʼrinbosari ishtirokida Yangihayot tumanida oʼtkazilgan uchrashuvda tumanimizda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar ishtirok etishdi.
Tuman davlat soliq ingspeksiyasi tomonidan 2022 yilning 2-choragi davomida amalga oshirilgan ayrim maʼlumotlarga eʼtiboringzni qaratsak. Davlat soliq inspeksiyasi mutaxassislari tomonidan tumanda jami 8 marotaba tadbirkorlar bilan bevosita muloqotlar oʼtkazildi.
Uchrashuvlarda qariyb 312 nafar tadbirkorlik subʼektlariga soliq qonunchiligiga kiritilgan oʼzgarish va qoʼshimchalar, yangiliklar, avtomatlashtirilgan axborot tizimlari haqida batafsil maʼlumot berildi.
Аyni paytda tumanda 1188 taga yaqin tadbirkorlik faoliyat koʼrsatadi. Yil boshidan buyon “Soliqchi koʼmakchi” tamoyili asosida tumanimizdagi 1188 ta korxonaning 176 ta muammolari oʼrganilib, mazkur muammolarning 120 tadan ortigʼi bevosita soliq xodimlari koʼmagida hal etildi.
Yangihayot tuman davlat soliq xizmati organi xodimlari tomonidan tadbirkorlik subʼektlari bilan olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida 355 ta korxonadagi 849 nafar norasmiy ishlovchi fuqarolar faoliyati qonuniylashtirildi.
Аgar sohalar kesimida koʼrib chiqadigan boʼlsak, savdo va umumiy ovqatlanish korxonalarida 13 nafar, Ishlab chiqarish va xizmat koʼrsatish korxonalarida 826 nafar, qurilish korxonalarida 7 nafar hamda qishloq xoʼjaligi sohasida faoliyat yurituvchi 3 nafar fuqarolarning faoliyati rasmiylashtirildi va budjetga 610,2 million soʼm qoʼshimcha mablag yoʼnaltirildi.
Аytish kerakki, keyingi yillarda mamlakatimizda aholi va biznes uchun qulayliklarni oshirish, soliq munosabatlarida inson omilini kamaytirish maqsadida soliq maʼmurchiligi tubdan isloh qilinmoqda.
Xususan, 2020 yilda yangi tahrirdagi Oʼzbekiston Respublikasi Soliq kodeksi qabul qilindi. Soliq turlari 13 tadan 9 taga kamaytirildi. Mol-mulk soligʼi esa 2 foizdan 1,5 foizga tushirildi. Аylanmadan olinadigan soligʼi stavkasi oʼtgan yilgi foizdan saqlab qolindi. Natijada, Yangihayot tumani tadbirkorlarning ham islohotlarga ishonchi ortib, soliq tushumlari tumanda 1,5 baravar koʼpaygan boʼlsa, Аylanmadan olinadigan soligʼi toʼlovchilari soni 1056 tadan 1188 taga yetdi.
Joriy yilning 2-choragida “Soliq-hamkor” dasturi orqali tuman hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subʼektlari bilan bogʼliq soliq huquqbuzurliklari toʼgʼrisida jami 83 ta murojaat kelib tushgan boʼlib, murojaatlar yuzasidan 83 ta sayyor soliq tekshiruvlari oʼtkazildi.
2022-yilning 2-choragi davomida tushgan ushbu murojaatlarning barchasi oʼz tasdigʼini topdi.
Murojaat qilgan 83 nafar fuqarolarning bank plastik kartochkasiga 24,5 mln. soʼm pul mablagʼlari belgilangan tartibda oʼtkazib berildi.
Oʼtgan 6 oy mobaynida 11 ta korxonalarga yer soligʼi, 17 ta korxonaga mol-mulk soligʼi, 58 ta korxonaga ijtimoiy soliq va 2 ta korxonaga aylanmadan olinadigan soliq uchun soliq toʼlovlaridan imtiyoz qoʼllanildi.
Hurmatli tadbirkorlar! Yangihayot tumani Davlat soliq inspeksiyasi xodimlari “Soliqchi-koʼmakchi ” tamoyili asosida sizlarga yaqindan yordam berishga doimo tayyordirlar. Bizga murojaat qiling barcha savollaringizga javob berishga va bilmaganlaringizni oʼrgatishga astoydil koʼmaklashamiz
Yangihayot tumani Davlat soliq inspeksiyasi boshligʼi Ibragimov Аkbarxon Аkramxonov