Kuni kecha Yangihayot tuman hokimligida tuman hokimining birinchi o'rinbosari boshchiligida sayyor qabul tashkil etildi.
Qabulda 15 kishi o'z murojaatlari bilan ishtirok etdi. Xususan, subsidiya, "Temir daftar"ga kirish, tadbirkorlik, kontrakt to'lovi, moddiy yordam va boshqa masalalar bo'yicha fuqarolarning murojaatlari va takliflari ko'rib chiqildi. Murojaatlarni o'rganish va hal etish bo'yicha tegishli mutasaddilar zimmasiga vazifa yuklatildi.
Quvonarlisi, "Yangi Turmush" mahallasi fuqarosi Hakima Yo'ldosheva farzandini bog'chaga joylashtirish va "Ayollar daftari"ga kirish bo'yicha qilgan murojaati ijobiy hal etilganidan mamnun bo'lib, mas'ullarga o'z minnatdorchiligini bildirdi.