Yangihayot tuman hokimligida hokim yordamchilari ish faoliyatiga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o’tdi.
Unda tuman prokurori katta yordamchisi va hokimning birinchi o’rinbosari ishtirok etib, hokim yordamchilari o’z ish faoliyatiga oid huquqiy-normativ hujjatlar ijrosini to’g’ri yo’lga qo’yishlari bo’yicha tegishli ko’rsatmalar berdilar.
Shuningdek, hokim yordamchilarining xizmat vazifalari davomida qonun buzilishi va korrupsiya holatlari bo’lishiga yo’l qo’ymasliklari qat’iy ta’kidlandi.