info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Yangihayot tuman hokimining bayram tabrigi

Yangihayot tuman hokimining bayram tabrigi
timeicon 07-12-2022

Аssalomu alaykum, qadrli yangihayotliklar!

Аvvalo, tumanimiz ahlini Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yillik bayrami munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Hurmatli Prezidentimiz taʼkidlaganlaridek: “Yurtdoshlarimiz uchun mamlakatning xohlagan hududida emin-erkin yashash, uy-joy va koʼchmas mulk sotib olish, fuqarolikka ega boʼlish, bilim olish, mehnat qilish, tadbirkorlik bilan shugʼullanib, daromad topish, turli davlat xizmatlaridan foydalanishga oid keng imkoniyatlar yaratilmoqda. Eng muhimi, bunday oʼzgarishlarni har bir inson kundalik hayotida koʼrmoqda, his etmoqda”.

Bugun cheksiz iftixor bilan ayta olamizki, Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoevning uzoqni koʼra olishi, siyosiy irodasi, fidokorona mehnatlari bilan yurtimizdagi barcha sohalarda islohotlar yangi bosqichga koʼtarildi. Yangi bir taraqqiyot davri – uchinchi Renessansga poydevor qoʼyilmoqda. Eng asosiysi, yurtimizdagi bu oʼzgarishlar dunyo davlatlari tomonidan eʼtirof etilmoqda.

Biz istiqomat qilayotgan Yangihayot tumanining tashkil etilishi ham bevosita Davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan amalga oshdi.
Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil
11 noyabrdagi qarori asosida Toshkent shahrida yangi bir tuman, Yangihayot tumani tashkil etildi. Yurtimizdagi boshqa hududlari kabi tumanimizda ham bugun jadal islohotlar olib borilmoqda va tumanimiz hududi bunyodkorlik maydoniga aylandi.

Bu qisqa vaqt ichida tumanimizda amalga oshiriladigan barcha bunyodkorlik ishlarini sanab oʼtishning imkoni yoʼq. Аlbatta, bularning bari barchamizning koʼz oʼngimizda yuz bermoqda. Bunga oʼzingiz guvoh boʼlib turibsiz. Yaqin kelajakda tumanimiz bundanda goʼzal qiyofaga ega boʼladi.

Fursatdan foydalanib, oʼz insoniy burchi va fuqarolik masʼuliyatini chuqur anglab, davlatimiz ravnaqi uchun fidokorona mehnat qilayotgan barcha soha vakillariga, nuroniy otaxon va mehribon onajonlarimizga, navqiron yoshlarimizga oʼzimning samimiy minnatdorligimni bildiraman.

Hurmatli yangihayotliklar!
Sizlarni Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yillik bayrami bilan yana bir bor chin dildan tabriklayman.
Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt va omad yor boʼlsin!


Yangihayot tuman hokimi
Hayot Inogamov

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech