Yangihayot tuman hokimiyatida Oila va xotin-qizlar boʼlimi xodimlari ishtirokida yigʼilish boʼlib oʼtdi.
Unda tuman Oila va xotin-qizlar boʼlimi rahbari "Davlat fuqarolik xizmati toʼgʼrisida"gi Qonunning mazmun-mohiyati va davlat fuqarolik xizmatchisining odob-axloq normalari haqida maʼlumot berdi.
Shuningdek, har bir mahallada uzoq muddatga yashash joyidan chiqib ketgan xotin-qizlarni qaytarishga bagʼishlangan "Sogʼinch" loyihasi toʼgʼrisida tuman migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʼlimi tomonidan tushuntirish berildi.