Tumanimizdagi kommunal soha boʼyicha mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida Yangihayot tuman hokimi va sektor rahbarlari boshchiligida yigʼilish boʼlib oʼtdi.
Kommunal soha va boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlari va masʼul xodimlari ishtirok etgan majlisning asosiy mavzusi kuz-qish mavsumini betalafot oʼtkazishga qaratildi.
Shuningdek, yigʼilishda masʼullarga favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish boʼyicha «Yongʼin xavfsizligi oyligi»ni oʼtkazish hamda aholi muammolarini oʼrganishga doir topshiriq berildi.