Kuni kecha “Yoshlar oyligi” doirasida 30-iyun — “Yoshlar kuni” munosabati bilan Yangihayot tuman hokimligi hamda tuman madaniyat markazi hamkorligida “Yangihayot yoshlarni sevadi” nomli ko‘tarinki ruhdagi konsert dasturi tashkil etildi.
Tadbir “Mehribog‘” 24/7 savdo va xizmat ko‘rsatish maydonida bo‘lib o‘tdi. Konsertda “Yangi Yulduzlar” bolalar ijodiy jamoasi, “Siyanuriy Koreys” jamoasi, xushovoz xonandalar hamda san’at va ijod sohasi vakillari ishtirok etib, tomoshabinlarga bayramona kayfiyat ulashishdi.
Shuningdek, konsert davomida sahnada turli kuy-qo‘shiqlar hamda raqslar namoyish etildi.