Bugun 329-umumta'lim maktabida "Yangi O'zbekistonda erkin va farovon yashaylik!" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti raisi maktab o'quvchilari bilan norasmiy doirada suhbat olib bordi. Suhbat davomida yoshlar o'z huquqlari va qonunchilikka doir barcha masalalarda soha odamidan javob olish imkoniga ega bo'ldilar.
Shuningdek, Yoshlar parlamenti raisi o'zining o'qish davri va shaxsiy rivojlanishi haqida ham so'z yuritib, hayotiy tajribalari bilan o'rtoqlashdi.