Kuni kecha «Yangi Umid» mahallasida hokim va yoshlar uchrashuvi boʼlib oʼtdi.
Unda hokim yoshlarning subsidiya, ishga joylashish va tadbirkorlik masalalarida qilgan murojaatlarini tinglab, ularni hal etish boʼyicha masʼullarga topshiriq berdi.
Shuningdek, uchrashuvdan soʼng hokim «Yangi Umid» va «Oriyat» mahallalarida yashovchi fuqarolar bilan ham koʼrishdi. 6 nafar fuqaro tomonidan bildirilgan murojaat ijobiy hal etildi va 2 nafariga huquqiy tushuncha berildi.