Bugun erta tongdan tuman hokimi boshchiligida kuz-qish mavsumini betalofat o'tkazish yuzasidan "Yangi umid" mahallasida navbatdagi saf yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Yig‘ilishda Favqulotda vaziyatlar vazirligi tomonidan aniqlangan kamchilik va muammolarni bartaraf etish, obodonlashtirish ishlarini jadal davom ettirish bo'yicha aniq ko'rsatmalar berildi.
Shundan so‘ng, tuman hokimi mahallalardagi ko‘p qavatli uylar, xususan, yerto‘lalarning qish mavsumiga tayyorgarlik holati bilan tanishdi. Fuqarolar bilan suhbatlashib, murojaatlar yuzasidan mas'ullarga topshiriqlar berdi.