info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

"Yangi Umid" mahallasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

timeicon 09-04-2025

Kuni kecha "Yangi Umid" mahallasida tuman din ishlari bo‘yicha bosh mutaxassisi, mahalla faollari va xotin-qizlar ishtirokida "Diniy bag‘rikenglik—tinchlik garovi" nomli turkum uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbir davomida yoshlarni jamiyatga zid bo‘lgan g‘oyalar ta’siridan asrash, giyohvand moddalar oldi-sotdisi va iste’moliga aralashib qolmaslik hamda internet tarmoqlari orqali uni targ‘ib qilib qo‘ymaslik haqida tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, tadbir ishtirokchilariga ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashning ahamiyati, diniy bag‘rikenglik va vijdon erkinligi tushunchalarining mazmun-mohiyati tushuntirib berildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech