Yangihayot tumani Pensiya jamgʼarmasi masʼullarining “Yangi Umid” mahalla fuqarolari bilan sayyor qabuli tashkil etildi.
Unda yigʼilganlarga davlat pensiyalarini tayinlash, nogiron farzandlarini parvarish qilayotgan onalarga nafaqa puli berilishi hamda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi toʼgʼrisida atroflicha tushuncha berildi.
Shuningdek, fuqarolar kam taʼminlangan oilalarga moddiy yordam tayinlanishi va qay hollarda rad etilishi borasida ham maʼlumotga ega boʼlishdi. Qabul soʼngida fuqarolar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.