Kuni kecha tumanimizdagi "Yangi Umid" mahalla fuqarolar yig'inida tuman hokimi o'rinbosari va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda 8 nafar yoshlar o'zlarining murojaatlari bilan ishtirok etdilar. Xususan, subsidiya, o'quv kursida o'qish, kontrakt to'lovi, moddiy yordam va muddatli harbiy xizmat badalini to'lash kabi masalalar bo'yicha murojaat qilindi.
Subsidiya masalasini hal etish bo'yicha yoshlar yetakchisiga topshiriq berilgan bo'lsa, qolgan murojaatlar joyida o'z yechimini topdi.