Kuni kecha Toshkent shahar hokimining qurilish ishlari bo’yicha birinchi o‘rinbosari boshchiligidagi ishchi guruh tuman hokimi hamda mas’ullar bilan birgalikda “Yangi Gulzor” mahallasida qad rostlayotgan qurilish obyektlarini ko‘zdan kechirishdi.
O‘rganish jarayonida bunyod etilayotgan turar joy majmualarining qurilish jarayonlariga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, uylarni qurishda tenderda g’olib bo’lgan tadbirkorlar bilan uchrashib, qurilish ishlarini jadallashtirish, sifatga jiddiy e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.