"Yangi Darxon" ahli uchun yangilik!
Bugun tuman hokimi "Yangi Darxon" mahallasida bo'lib, bu yerda aholiga qulaylik yaratish maqsadida amalga oshiriladigan ishlar loyihasi bilan tanishdi.
Xususan, mahallaning 1280 metr qismida piyodalar yo'lakchasi va irrigatsiya tarmoqlari qurilib, yo'llar asfaltlanadi. Bu birinchi bosqichda. Ikkinchi bosqichda esa 277 metr qismda huddi shu ishlar amalga oshiriladi.
Tuman hokimi ishlarni ertadan boshlash, qurilish sifatiga jiddiy e'tibor qaratish bo'yicha mas'ullarga tegishli topshiriqlar berdi.