info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

"Yangi Choshtepa" mahallasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

timeicon 27-03-2025

Kuni kecha "Yangi Choshtepa" mahallasida tuman din ishlari bo‘yicha bosh mutaxassisi, "Nuroniy" jamg‘armasi tuman bo‘limi boshlig‘i, mas’ullar va mahalla ahli ishtirokida "Diniy bag‘rikenglik—tinchlik garovi" nomli turkum uchrashuv o‘tkazildi.

Tadbirda mutaxassislar tomonidan ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlashning ahamiyati, diniy bag‘rikenglik va vijdon erkinligi tushunchalarining mazmun-mohiyati hamda turli axborot xurujlarining asl maqsadlari ishtirokchilarga tushuntirib berildi.

Shuningdek, tadbir davomida yoshlarni jamiyatga zid bo‘lgan g‘oyalar ta'siridan asrash, giyohvand moddalar oldi-sotdisi va iste’moliga aralashib qolmaslik hamda internet tarmoqlari orqali uni targ‘ib qilib qo‘ymaslik haqida tushuntirish ishlari olib borildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech