Bugun tuman hokimi “Yangi Choshtepa” mahallasida bo’lib, “mahalla yettiligi”, boshqaruv servis kompaniyasi mas’ullari bilan saf yig’ilishi o’tkazdi.
Unda mahalla hududini obodonlashtirish, aholi bilan muloqot olib borib, ularning murojaatlarini tinglash, mahalla hududini toza saqlash va shu kabi qator masalalarga to’xtalib o’tildi.
Shuningdek, mahalla hududida qurilayotgan sayilgoh ham ko’zdan kechirilib, loyiha bo’yicha tuman hokimi o’z fikr-mulohazalarini bildirib o’tdi.