info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Amir Temur tavalludining 689 yilligi keng nishonlandi

timeicon 10-04-2025

Tumanimizning 331-sonli umumta’lim maktabida buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.Unda o‘quvchilar tomonidan Amir Temurning hayoti va faoliyati, uning ilm-fan, madaniyat va mamlakat obodonchiligiga qo‘shgan hissasi aks ettirilgan badiiy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari va milliy raqslar namoyish etildi.

Shuningdek, sana munosabati bilan 330-sonli umumta’lim maktabida ham bilimlar bellashuvi o‘tkazildi. Unda o‘quvchilarning Amir Temur va uning davriga oid bilimlari sinovdan o‘tkazildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech