Kuni kecha tumanimizdagi 329-maktabda Toshkent shahar hokimi oʼrinbosari, tuman hokimi va tumandagi yoshlar yetakchilari ishtirokida amalga oshirilgan ishlar tahliliga bagʼishlangan uchrashuv tashkil etildi.
Unda ishchi guruh tomonidan sektorlardagi ish faoliyat oʼrganib chiqilganida duch kelingan xato va kamchiliklar tahlil qilindi. Shuningdek, hozirda ishsiz yoshlarni ish bilan taʼminlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj insonlarga koʼmak berish va jinoyatga moyil yoshlar bilan alohida tizimli ishlashni yanada takomillashtirish boʼyicha yetakchilarga topshiriq berildi.
Tadbir yakunida tuman hokimi masʼullarga yoʼl qoʼyilgan kamchiliklarni bartaraf etishlari va berilgan topshiriqni bajarishlari uchun bir oy muhlat berib, barcha oʼz vazifasiga sadoqat bilan yondashishini aytib oʼtdi.