Kuni kecha "Al-Sharof" to'yxonasida O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tashkil qilingan kun munosabati bilan bayram tadbiri bo'lib o'tdi.
Unda Milliy gvardiya Yangihayot tumani bo'limi xodimlari ishtirok etdi. Tadbirda tuman hokimi Milliy gvardiya xodimlarini kasb bayrami bilan tabriklab, yurtimiz tinchligi, fuqarolarimiz xavfsizligi yo'lida ularning xizmati beqiyos ekanini e'tirof etdi.
Shuningdek, o'z vazifasini sidqidildan ado etayotgan bir guruh xodimlar taqdirlandilar.