Hayrli tadbirlar davom etadi
Tuman hokimi, sektor rahbarlari va boshqa tuman mas’ullari tumanimizdagi yolg’iz, boquvchisini yo’qotgan hamda 100 yoshdan oshgan keksalar holidan xabar olib, ularga oziq-ovqat maxsulotlari ulashishdi.
Keksalar va ularning oila a’zolari holidan xabar olishar ekan, mas’ullar qish mavsumi boshlangani sabab ularning uylaridagi sharoit, sog’liqlari bilan tanishib, elektr ta’minoti va gaz bilan bog’liq masalalarni o’rganishdi. Fuqarolarning murojaatlarini tinglashdi.
Bunday hayrli ishlar eng avvalo, fuqarolar doim davlat e’tiborida ekanligining yorqin ifodasidir.