info@yangihayottumani.uz   Zaif ko'ruvchilar uchun Ovozli o'qish

Hayit ayyomi munosabati bilan tegishli chora-tadbirlar ko’rishga bag’ishlangan navbatdagi yig’ilish o’tkazildi

timeicon 09-04-2024

Bugun tuman hokimi va sektor rahbarlari ishtirokida Hayit ayyomi munosabati bilan tegishli chora-tadbirlar ko’rishga bag’ishlangan navbatdagi yig’ilish o’tkazildi.

Unda Hayit namozi o‘qiladigan masjidlarga tuman hokimligidan mas’ul rahbarlar, ichki ishlar, milliy gvardiya va favqulodda vaziyatlar bo’limi, shuningdek, tibbiyot xodimlaridan iborat mas’ullar biriktirildi.

Mazkur tadbirlarni tartibli va yuqori saviyada tashkil etish maqsadida, tuman Ichki ishlar, Milliy gvardiya, Favqulodda vaziyatlardan biriktirilgan mas’ullar barcha masjidlarda aholining xavfsizligini ta’minlash uchun masjidlar atrofidagi ko‘chalarga chegaralar belgilandi.

Saxovat va mehr-muruvvat tadbirlari doirasida kam ta’minlangan, yolg‘iz va nogironligi bo‘lgan insonlar holidan xabar olish, Ramazon oyi va Hayit kunlarida o‘tkaziladigan tadbirlarda isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslik, tadbirlarni ixcham ko‘rinishda milliy an’analarga rioya qilgan holda o‘tkazish yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borildi.

Belgilangan matnni tinglash uchun quyidagi tugmani bosing Powered by GSpeech