Ayollar uchun psixologik-trening o’tkazildi
Ayni kunlarda Xushnud mahallasida Toshkent shahar hokimining oʻrinbosari — Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshligʻi, tuman hokimi oʻrinbosari va shahar targʻibot guruhi aʼzolari ishtirokida xotin-qizlar orasida ijtimoiy-maʼnaviy muhitni sogʻlomlashtirish maqsadida targʻibot guruhi tomonidan amaliy ishlar olib borilmoqda.
Xususan, kuni kecha mahallada istiqomat qiluvchi xotin-qizlar bilan profilaktik, psixologik, maʼnaviy-maʼrifiy suhbatlar olib borildi. Tadbir davomida barcha suhbat oʻtkazilgan ayollarga malakali psixologlar tomonidan ayollarning jamiyatdagi va oiladagi tutgan oʻrni, oilada farzand tarbiyasi, oiladagi munosabatlar toʻgʻrisida kerakli maslahat va tavsiyalar berildi.