Ma'lumki, tumanimizda "Ayollar daftari"ning 4-bosqichiga kiruvchi ayollar ro'yxatini shakllantirish uchun 5-yanvardan 31-yanvarga qadar xatlov jarayoni olib boriladi.
Hozirga qadar tumanimizda yashovchi ayollarning 70 foizidan ko'pi mahallalarda tuzilgan ishchi guruh tomonidan xatlovdan o'tkazildi.
Shu jumladan, tuman Oila va xotin-qizlar bo'limi boshlig'i boshchiligida "Yangi Umid" mahallasida yashovchi ayollarning xonadonlariga borib, ularning ma'lumotlari asosida so'rovnoma anketalari to'ldirildi.