«Аyollar daftari»ning 3-bosqichidagi xotin-qizlar Buxoroga sayohat qilishdi.
Ushbu tadbir Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining «Oila va xotin-qizlarni tizimli qoʼllab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida»gi Farmoni ijrosi yuzasidan «Yangi Oʼzbekiston boʼylab sayohat qil!» shiori ostida tashkil qilindi.
Ehtiyojmand xotin-qizlar «Аyollar daftari» jamgʼarmasi hisobidan Buxoroning qadimiy shaharlari boʼylab sayohat qilib, muqaddas qadamjolarni ziyorat qilishdi.