Аbdulaziz Nuraliev 16 yosh. Hozirda tumanimizdagi 329-umumtaʼlim maktabida tahsil olmoqda.
Аbdulaziz sportning regbi turi bilan 1 yildan buyon muntazam shugʼullanib kelmoqda. Shu kunga qadar, jamoasi bilan bir qancha musobaqalarda sovrinli oʼrinlarni qoʼlga kiritgan.
Jumladan, 18 yoshlilar oʼrtasida oʼtkazilgan "U-18" musobaqasining respublika bosqichida 2- oʼrin, 20 yoshli sportchilar ishtirokidagi "U-20"da esa 3-oʼrinni egallagan. Shuningdek, regbi boʼyicha Oʼzbekiston kubogida 1-oʼrinni qoʼlga kiritgan.
Аbdulazizning maqsadi — Oʼzbekistonda regbi sport turining yanada rivojlanishiga oʼz hissasini qoʼshish va jahon arenalarida ham yurtimiz shaʼnini munosib himoya qilish.