Tumanimizdagi 329-maktabda tumanda yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish, yoshlarning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish va jinoyatchilikning oldini olish bo’yicha yig’ilish o’tkazildi.
Tadbir tuman hokimi o’rinbosari, tuman Prokuraturasi, tuman IIB, milliy gvardiya va boshqa tashkilot rahbarlari va xodimlari ishtirokida bo’lib o’tdi.
Unda mahalla va ta’lim tashkilotlarida to’garaklar va tadbirlarni o’tkazish, 5 tashabbus yo’nalishida olib borilayotgan ishlar va shu kabi yo’nalishlar bo’yicha ma’ruzalar tinglandi.