4-7-oktabr kunlari tumanimizdagi ayollar uchun tibbiy onkoskrining tekshiruvi oʼtkazildi.
Tekshiruv 4 kun davomida "Fayzli", "Yangi turmush", "Yangihayot" va "Bunyodkor" MFYda mazkur mahallalarga yaqin hududlarda yashovchi barcha ayollar uchun tashkil etildi.
Bundan maqsad ayollarning reproduktiv salomatligini mustahkamlash, onkologik kasalliklarning oldini olish va ularni vaqtida aniqlashdan iborat.
Tekshiruvda xotin-qizlar malakali shifokorlar tomonidan koʼrikdan oʼtkazildi va oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.