Toshkent shahar Xalq taʼlimi bosh boshqarmasi tashabbusi bilan tumanimizning 330-sonli umumtaʼlim maktabida boshlangʼich taʼlim fanlari oʼqituvchilari uchun seminar tashkil qilindi.
Mutaxassislar tomonidan yangi 1-2-sinf darsliklarini mazmun-mohiyatini tushuntirish, milliy oʼquv dasturini amaliyotga joriy etish boʼyicha tushuntirish berildi.
Oʼquv seminarda Respublika taʼlim markazi metodistlari,Toshkent shahar xalq taʼlimi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish hududiy markazi ilmiy xodimlari 400 dan ortiq boshlangʼich taʼlim fanlari oʼqituvchilari va fan metodistlari ishtirok etishdi.