Kuni kecha 329-umumta'lim maktabida narkotik moddalar ustidan nazorat qilish bo'yicha komissiyaning kengaytirilgan yig'ilishi bo'lib o'tdi.
Unda o'rganish natijalariga ko'ra, giyohvandlik tashxisi bilan ro'yxatga olinganlar, spirtli ichimlikka ro'ju qo'yish va mast holatda sodir etilgan jinoyatlar, ruhiy asab kasalliklari dispanseri hisobidagi tajovuzkor ruhiy kasallar haqida ma'lumot berildi.
Shuningdek, giyohvandlik bilan bog'liq jinoyatlar o'tgan yilga nisbatan ko'paygani tanqidiy muhokama etildi va salbiy holatlarning profilaktikasi uchun mas'ul bo'lgan rahbarlarga tanqidiy tushuntirish berildi.