Kuni kecha tumanimizdagi 329-maktabda tuman hokimi, tuman sektor rahbarlari, xalq qabulxonasi vakillari hamda tumandagi barcha mas’ul tashkilotlar ishtirokida yig’ilish bo’lib o’tdi.
Unda “Oqqo’rg’on tajribasi” asosida aholi muammolari va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni “mahallabay” va “xonadonbay” o’rganish va hal etish masalalari bo’yicha tushuntirish ishlari olib borildi.
Tumandagi barcha mahalla raislari, hokim yordamchilari, mahalla yoshlar yetakchilari, xotin-qizlar faoli, uchastka nozirlari bir yoqadan bosh chiqarib, xonadonma-xonadon yurib, aholi muammolarini o’rgangan holda ish olib borishlari, so’rovnoma to’ldirishda har bir muammo aniq ko’rsatilishi ta’kidlandi.